Welcome!

Welcome to DroidByte Forum, the ultimate place for android app lovers. Here you can chat, share, and learn about anything related to android apps, devices, development, and more. You can also download, review, and request thousands of apps from our appstore, DroidByte. All you need to do is register with us. It's free, easy, and fast.

SignUp Now!

Added Oxunjon Madaliyev qo’shiqlari

DBNewAppBOT

DBNewAppBOT

Moderator
Joined
Mar 17, 2024
Messages
393
Offline

App Name: Oxunjon Madaliyev qo’shiqlari

Oxunjon Madaliyev Nusratovich 1 9 6 3 -yil 2 1 -may sanasida Farg’ona viloyati Oltiariq tumani, Yangiarab qishlog’ida duradgor usta Nusrat oilasida dunyoga kelgan. 1 9 8 0 -yilda o’rta maktabni tamomlab, 1 9 8 1 -yilda hujjatlarini Far’ona Davlat Pedagogika institutining musiqa fakultetiga topshirgan. 1 9 8 5 -yilda institutni muvaffaqiyatli tamomlab, yo’llanma bilan […]
Oxunjon Madaliyev Nusratovich 1 9 6 3 -yil 2 1 -may sanasida Farg’ona viloyati Oltiariq tumani, Yangiarab qishlog’ida duradgor usta Nusrat oilasida dunyoga kelgan. 1 9 8 0 -yilda o’rta maktabni tamomlab, 1 9 8 1 -yilda hujjatlarini Far’ona Davlat Pedagogika institutining musiqa fakultetiga topshirgan. 1 9 8 5 -yilda institutni muvaffaqiyatli tamomlab, yo’llanma bilan Oltiariq tumanidagi 2 6 -sonli o’rta maktabda ashula fani o’qituvchisi bo’lib ishladi.
Keyinchalik Hunar texnika bilim yurtida, bir oz vaqt o’tib, Farg’ona Davlat filarmoniyasida yakkaxon solist sifatida faoliyat yurgizgan.
1 9 8 9 -yili Toshkent shahrida “Kamolot 8 9 ” ko’rik tanlovida g’olib bo’lib, shu yilning dekabr oyida “Xalqlar do’stligi” saroyida ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan. Keyinchalik xonanda Tojikiston, Qirg’iziston, Qozog’iston va Turkmaniston Respublikalarida konsert bergan.
Qo’shiqchilik san’atiga qo’shgan munosib hissasi uchun Oxunjon Madaliyev 1 9 9 7 -yil 2 6 -avgustda O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
1 9 9 9 -yil 2 5 -avgustda “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist” unvoniga sazovor bo’lgan.
1 9 8 3 -yilda “Ziyodam” deb nomlangan ilk qo’shiqlar albomini taqdim qildi. Keyinchalik “Seni asrasin”, “Kimligini aytmayman”, “Sendadir xayolim”, “Yulduzim”, “Navbahor”, “Javohirim”, “O’zbeklarim”, “Yolg’iz ayol”, “Sog’inch”, “Yoshligim”, “Unutmoq osonmas bizlarni” kabi musiqiy albomlarni muxlislarga havola etgan.
Oxunjon Madaliyev juda sermahsul ijod qildi. Uning deyarli har bir qo’shig’i hali hamon muxslislar yodida. Jumladan hofizning “Turkman qiz”, “Unutmoq osonmas bizlarni”, “Ketaman”, “Nasibam”, “Maqsading nima?”, “Seni bugun ko’rmasam bo’lmas”, “Javohirim”, “Yolg’iz ayol” kabi o’nlab qo’shiqlari juda mashhur bo’lgan.
Oxunjon Madaliyevning odamiyligi haqida so’z ketganda uni yaqindan biladiganlar uning kamtar, tavozuli va sahiy bo’lganini aytadi.
Vodiyning asl o’g’lonlaridan biri bo’lgan Zahriddin Muhammad Boburga o’xshab Oxunjon Madaliyev ham qisqa umr ko’rsa ham, ming-minglab yuraklarda mangu qolib ketdi. U 2 0 0 0 -yil, 2 9 -iyunda yurak infarkti bilan vafot etdi.
Biz tomonga bir bir qarab qo`y,
Bolam,
Dardim sig`mas dunyoga,
Hayot emas u,
Kelinchak,
Ketgim kelmayapti onajon,
Ko’ngil ekan (Turkman qiz 3 ),
Menikisiz, Nasibam,Onamning tilagi,
Seni bugun ko`rmasam bo`lmas,Sevar eding,
Shahzodangni kut,
Shohsupa,
Soch o’stirib (Turkman qiz 4 ),
Turkman qizga uylanaman,
Uzun ko’ylak (Turkman qiz 2 ),
Yig`ladim

[Learn more or download this Android App...]

 
Back
Top